“O‘ztemiryo‘l” AJ hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o`rtasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta'minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida imzolangan shora-tadbirlar rejasining ijrosini ta'minlash maqsadida Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzelida “Yuksak iste'mol madaniyati sari” mavzusida targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida O'zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuni va sohaga oid boshqa qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati, federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan iste'molchilar huquqlarini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va ularning manfaatlarini himoya qilish maqsadida o'tkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o'rganish natijalari xususida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari bugungi kunda aksariyat iste'molchilar muammolarga duch kelayotgan savdo, xizmat ko'rsatish va kommunal sohalarga oid savollariga javoblar olishdi.
Tadbir davomida Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzelida federatsiyaning boshlang'ich tashkiloti faoliyatini tashkil etishga kelishib olindi.Korrupsiyaga barham berish yuzasidan muhim chora-tadbirlar belgilab olindi