• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2025-01-31

“Iste'molchilar huquqlari-qonun himoyasida” mavzusida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mirishkor tumani jamiyati tomonidan tumandagi ta'lim muassasalarida “Iste'molchilar huquqlari-qonun himoyasida” mavzusida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
Bugun shu mavzudagi tadbir tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 4-umumta'lim maktabida bo'lib o'tdi.
Tadbir ishtirokchilariga tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan federatsiya tizimida  murojaatlarni qabul qilish, tezkor o'rganish va iste'molchilar manfaatlarining himoya qilinishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, amaldagi qonunchilik talablari shuningdek, tovar sotib olayotganda e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan jihatlar xususida tushuntirishlar berildi. 
Tadbirda bugungi kunda iste'molchilar duch kelayotgan muammoli masalalar va ularni bartaraf etishda ta'lim tizimida tashkil etilgan federatsiya boshlang'ich tashkilotlarining o'rni va ahamiyati muhim ekanligi qayd etildi.