Gʻuzor tumani Choʻmichli mahallasida yashovchi fuqaro F.S. Qarshi shahrida joylashgan “Bahor” savdo majmuasidan 2 million 300 ming soʻmga “Tecno Pova” rusumli uyali aloqa vositasini xarid qiladi.
Sotuvchi telefon apparati uchun bir yilga kafolat muddati belgilib, batareyani quvvatlagach undan uch kungacha foydalanish mumkinligini ma'lum qiladi. Biroq, sotilgan mahsulot sotuvchi tavsiflaganidek boʻlib chiqmaydi. Batareya quvvati bir kunga ham bormasdan, oʻchib qoladi.Sotuvchining xatti-harakatidan norozi boʻlgan fuqaro iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi.
Fuqaroning murojaati amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga qonunchilik talablari asosida oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida, sotuvchiga murakkab maishiy texnika vositalarini sotish tartiblari va bu boradagi “Chakana savdo qoidalari” boʻyicha tushuntirishlar berildi hamda sifatsiz telefon apparati sotuvdagi boshqa sifatli aloqa vositasiga almashtirib berilishi ta'minlandi.