Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi va tuman (shahar) jamiyatlariga 2024-yilning birinchi yarmi mobaynida isteʼmolchilardan jami 597 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarning 193 tasi savdo, 74 tasi gaz taʼminoti, 80 tasi elektr taʼminoti, 42 tasi ichimlik suvi taʼminoti, 57 tasi kommunal soha, 5 tasi sogʼliqni saqlash, 12 tasi transport, 9 tasi aloqa va internet, 31 tasi xizmat koʼrsatish va 94 tasi boshqa sohalarga oid boʼlib, mazkur ariza va shikoyatlar oʼz vaqtida oʼrganilgan va isteʼmolchilar foydasiga jami 1 808 126 309 soʼm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.
Eng e'tiborlisi, oʼtgan davrda isteʼmolchilarning manfaatlarini koʼzlab, sudlarga muntazam daʼvo arizalari kiritib borilgan va isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 902 129 587 soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar undirib berilishi taʼminlangan.