• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-07-16

Sotib olingan kir yuvish mashinasi nosoz chiqdi. Sotuvchi boshqa shaharda joylashgan. Uni almashtirish uchun olib borish xarajatlarini kim toʻlaydi?

Savolga Chiroqchi tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Norqizil BOTIROV javob berdi.

 

Hajmi katta yoki vazni besh kilogrammdan ziyod tovarni ta'mirlash, narxini tushirish, almashtirish uchun eltish va iste'molchiga qaytarib keltirib berish sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) kuchi bilan va uning hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda tovarni eltish va qaytarib olib kelish iste'molchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunda iste'molchining tovarni eltish va qaytarib olib ketish bilan bogʻliq xarajatlarini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) qoplashi shart.