O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Shuxrat Tursunov boshchiligidagi ishchi guruhi Qarshi tumanida aholi muammolarini hal etish, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish, tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon-obod ko'cha-obod mahalla” mezonlarini joriy etish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan o'rganishlar olib bordi.
Xususan, tumanning Ko'chkak, Uzumzor va Guliston mahallalarida olib borilgan o'rganishlarda hududdagi ijtimoiy soha ob'ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va mazkur sohada yuzaga kelayotgan boshqa masalalarga e'tibor qaratildi hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Shuningdek, mahallalardagi kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash tadbirlari olib borildi.