Yakkabogʻ tumani “Jaychi” mahallasida yashovchi fuqaro J.M. tumandagi maishiy texnikalar doʻkonidan 2 million 300 ming soʻmga “Redmi” rusumli uyali aloqa vositasi sotib oladi. Ammo oradan bir hafta oʻtib, unda nuqsonlar aniqlanadi va umuman ishlamay qoladi. Iste'molchining nuqsonli mahsulotni almashtirish haqidagi talablarini esa sotuvchi e'tiborsiz qoldiradi.
Mazkur murojaat asosida Yakkabogʻ tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganishlar olib borilib, sotuvchiga ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari hamda bunday turdagi tovarlarni sotish qoidalari xususida tushuntirishlar olib borildi.
Murojaatni oʻrganish jarayonida nuqsonli mahsulot sotuvchiga topshirilib, uni sotib olish uchun toʻlangan 2 million 300 ming soʻm iste'molchiga qaytarilishi ta'minlandi.