• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-11-30

JAMOATCHILIK NAZORATI-OBODONCHILIK KAFOLATI

Nishon tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Jamoatchilik nazorati-obodonchilik kafolati” nomli davlat granti loyihasi doirasida tumandagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va “Mahalla nazorati” guruhi a'zolari bilan hamkorlikda g'olib deb topilgan “Tashabbusli byudjet” loyihalarining sifatli bajarilishi ustidan jamoatchilik monitoringlari olib borildi. Xususan, tumandagi jami 11 ta loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilik monitoringlari o'tkazilib, qayd etilgan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan “Mahalla raisi so'rovlari” kiritilishi ta'minlandi.

Bugun tumandagi mahallalar raislari va faollar ishtirokida olib borilgan jamoatchilik nazorati tadbirlari natijalariga bag'ishlangan “Jamoatchilik nazorati-obodonchilik kafolati” mavzusida o'quv seminari o'tkazildi.

Seminarda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan ta'sirchan jamoatchilik nazorati tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati, bu borada “mahalla nazorati” jamoatchilik tuzilmasining o'rni va  rolini yanada oshirish xususida so'z bordi.

Seminar ishtirokchilari natijador jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid savollariga javoblar olishdi.