• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-06-26

Jamoatchilik nazorati – taraqqiyot kafolati

Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi nodavlat notijorat tashkilotlari uyida “Jamoatchilik nazorati – taraqqiyot kafolati” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

 

Tadbirda viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida oʻtkazilayotgan tadbirlar jarayonida jamoatchilik nazoratining asosiy subyektlari hisoblangan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining hamkorligini yo’lga qo’yish orqali mazkur nodavlat nazoratning  ta'sirchanligini yana-da oshirishga erishish, ayniqsa, bugungi kunda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan savdo, kommunal, tibbiyot va ta'lim sohalarida olib borilayotgan jamoatchilik monitoringlarida viloyatdagi OAV vakillarining ishtirokini ta'minlash va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini  oʻzaro muvofiqlashtirish muhim ekanligi xususida soʻz bordi.

 

Tadbir ishtirokchilari va OAV vakillarining amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik ijrosi ta'minlanishi borasidagi savollariga batafsil javoblar berildi.