• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2025-01-27

7 million so'mlik televizor sifatlisiga almashtirildi

Qarshi shahri Yangi Batosh muhallasida yashovchi fuqaro E.D. “Media park” savdo do'konidan 7 millioln so'mga “Samsung” rusumli televizor xarid qiladi. Biroq sotib olingan televizorning ekranida nosozliklar kuzatilib, undan foydalanishning imkoni bo'lmaydi. Sotuvchi esa iste'molchining nuqsonli mahsulotni almashtirish haqidagi talablarini bajarmaydi.
Fuqaro bu haqda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilib, nosoz televizor sabab buzilgan huquqlarini himoya qilishda yordam so'raydi.
Murojaat Fedjeratsiyaning Qarshi shahar jamiyati tomonidan tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda o'rganilganda, mahsulotdagi nuqsonlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq ekanligi oydinlashdi. Sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirilib, nuqsonli televizor boshqa shu rusumdagi sifatli mahsulotga almashtirib berilishi ta'minlandi.