• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-12-04

MAISHIY CHIQINDILAR BO’YICHA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILMOQDA

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Shahrisabz tuman jamiyati tomonidan “Ozodalikni saqlashga korruptsiyasiz erishaylik” mavzuidagi davlat granti loyihasi doirasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda chiqindilarni olib chiqish va uning uchun to'lovlar hisoblash borasida sohada duch kelayotgan korruptsiyaviy holatlar yuzasidan aholi o'rtasida sotsiologik tadqiqot (ijtimoiy so'rovnoma)lar o'tkazilmoqda.

Xususan, hamkor tashkilotlar bilan tasdiqlangan rejaga asosan tumandagi “Ravot”, “Shamaton”, “Oqdaryo” mahallalarida yashovchi aholining maishiy chiqindilarni olib chiqishning bugungi kundagi ahvoli yuzasidan fikrlari o'rganildi.

So'rovnomalar jarayonida xizmat ko'rsatuvchi tashkilot tomonidan shartnoma shartlariga ko'ra maishiy chiqindilarni chiqindixonalardan bir kunda bir marta, signal usulida esa uch kunda bir marta olib ketilishiga amal qilinayotganligi, asossiz to'lovlar hisoblash holatlarining mavjudligi, mahalla va ko'chalarda chiqindilarni olib ketish grafigining mavjudligi va unga amal qilinishi, xizmat ko'rsatuvchi tomonidan ommaviy shartnomaning boshqa shartlariga rioya etilishi holatlari hamda iste'molchilarning ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo'yicha takliflari va fikrlarini o'rganish maqsad qilingan.

O'tkazilgan so'rovnomalar natijalari tahlil qilinib,  umumlashtiriladi va manfaatdor davlat tashkilotlariga takliflar kiritiladi.

Loyiha xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondining moliyaviy ko'magida amalga oshirilmoqda.