• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-06-26

Nuqsonli tovarni almashtirayotgan paytda uning narxi oʻzgargan boʻlsa, qanday tartibda hisob-kitob qilinadi?

Savolga Dehqonobod tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Erkin Tangirov javob berdi.

 

Nuqsonli tovar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilgan vaqtda tovarning narxi oʻzgargan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi.

Nuqsonli tovar boshqa markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilayotganda, agar almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narxi uning oʻrniga berilayotgan tovar narxidan past boʻlsa, iste'molchi narxlardagi farqni qoʻshimcha ravishda toʻlashi lozim, almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narxi uning oʻrniga berilayotgan tovar narxidan yuqori boʻlsa, iste'molchiga narxlardagi farq qaytariladi. Bunday hisob-kitob chogʻida almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narxi oshgan taqdirda, uning talab qoʻyilgan paytdagi narxi, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi narxi qoʻllaniladi.

Shartnoma bekor qilinayotganda tovar narxi oshgan boʻlsa, iste'molchi bilan hisob-kitob tovarning tegishli talab qoʻyilgan paytdagi qiymatiga qarab, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi qiymatiga qarab amalga oshiriladi.