• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-12-03

HAMKORLIKNING BOSH MAQSADI-CHIQINDI BILAN BOG'LIQ MUAMMOLARNI HAL ETISH

Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining “Ozodalikni ta'minlashga korruptsiyasiz erishaylik” nomli davlat granti loyihasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Xususan, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning bugungi kundagi ahvoli to'g'risida keng jamoatchilikning fikrini o'rganish va mazkur sohada jamoatchilik nazoratini o'rnatish orqali tizimdagi korruptsiyaviy holatlarning oldini olish bo'yicha tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi, O'zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo'limi, “Bi-say” MChJ va tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishtirokida ish reja ishlab chiqilib, loyiha davomida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

                Loyiha davomida qator targ'ibot tadbirlari, iste'molchi(mijoz)lar o'rtasida sotsiologik tadqiqotlar va ularning natijalari bo'yicha jamoatchilik eshituvlari o'tkazish rejalashtirilgan.

Axmad QODIROV,

Shahrisabz tumani istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi.

Loyiha xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilmoqda.