• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-08-05

Jamoatchilik nazorati ob'ektlariga axborot lavhalari oʻrnatildi

Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Nishon tumani jamiyati tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihalarining sifatli bajarilishi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari “Tashabbusli budjet”ning 2024 yil 1-mavsumida tumanda gʻolib deb topilgan jami 11 ta, xususan mahallalarning ichki yoʻllarini asfaltlashtirish va shagʻallashtirish, umumta'lim maktablarini ta'mirlash, piyodalar yoʻlagi va yordamchi binolar qurish bilan bogʻliq loyihalarning sifatli amalga oshirilishini ta'minlashga qaratilgan.

Shu maqsadda jamoatchilik nazorati ob'ektlariga loyihalarning bajarilish jarayonida hudud aholisi kamchilik va qonunbuzilish holatlariga guvoh boʻlganda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirishi uchun oʻzida muhim ma'lumotlarni aks ettirgan axborot lavhalari oʻrnatildi.

Loyiha davomida fuqarolar yigʻinlarining “mahalla nazorati” guruhi a'zolari va faol fuqarolar ishtirokida jamoatchilik monitoringlari oʻtkazish ham rejalashtirilgan.