• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2025-01-28

MAHALLALAR BILAN HAMKORLIKDA JAMOATCHILIK NAZORATI TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA Maqsad-maishiy chiqindilarning o'z vaqtida olib ketilishini ta'minlashga qaratilgan

Ma'lumki, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Shahrisabz tumani jamiyati tomonidan maishiy chiqindilarni olib ketishning bugungi kundagi ahvoli to'g'risida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda iste'molchilar o'rtasida o'tkazilgan sotsiologik tadqiqot (ijtimoiy so'rovnoma)lar natijalari bo'yicha o'tkazilgan jamoatchilik eshituvida xizmat ko'rsatuvchi tashkilot tomonidan shartnoma shartlariga ko'ra maishiy chiqindilarni olib ketishning minimal davriyligiga rioya etilmayotgani qayd etilib, bu borada bajarilishi muhim bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olingan edi.

Mazkur chora-tadbirlardan kelib chiqib, chiqindi tashish xizmatini ko'rsatuvchi tashkilot hamda tumandagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari rahbarlari ishtirokida qattiq maishiy chiqindilarni «signal usuli»da olib ketish jadvallari tasdiqlanib, barchaga ko'rinarli joylarga o'rnatilishi ta'minlanmoqda.

Xususan, tumandagi Xo'jaxuroson va Loliston mahallalarida ko'rsatilayotgan xizmatlarning vaqti to'g'risida iste'molchilarni aniq axborot bilan ta'minlash maqsadida mana shunday jadvallar o'rnatilib, chiqindi tashuvchi tashkilot tomonidan minimal davriylikka rioya etilishi ustidan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda jamoatchilik monitoringlari o'tkazildi.

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondining davlat garanti loyihasi doirasida tumandagi barcha mahallalarga maishiy chiqindilarni olib ketish jadvallarini o'rnatish va unga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish rejalashtirilgan.