• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-06-28

Nuqsonli mahsulot uchun toʻlangan 1 160 000 soʻm iste'molchiga qaytarildi

Nishon tumanida yashovchi fuqaro B.B. tumandagi maishiy texnikalar savdo doʻkonidan 1 million 160 ming soʻmga “Novey” rusumli uyali aloqa vositasi sotib oladi. Ammo ushbu telefon apparatida nosozliklar kuzatilib, ishlamay qoladi. Sotuvchi esa amaldagi qonunchilik talablarini tan olmaydi va nuqsonli mahsulotni qaytarib olishni rad etadi.

Mazkur murojaat tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganilganda, sotuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga zid tarzda  sotilgan mahsulot uchun kafillik majburiyatlari belgilanmaganligi aniqlandi. Oʻrganish jarayonida, mazkur qonun talablari tushuntirilib, nuqsonli mahsulotni sotib olish uchun toʻlangan pul mablagʻi  toʻliq iste'molchiga qaytarilishi ta'minlandi.