• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-06-26

Tovar nuqsonlari faqat kafolat muddati mobaynida bepul bartaraf etiladimi? Iste'molchi kafolat muddati tugagandan keyin tovarda yuzaga keladigan nuqsonlarni bepul bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqaruvchiga talab qoʻyishga haqlimi?

Savolga Nishon tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Yusuf Suvonov javob berdi.

 

Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi iste'molchi tegishli talab qoʻygan paytdan e'tiboran yigirma kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, oʻn kun ichida bepul bartaraf etishi lozim.

Iste'molchi kafolat muddati tugaganidan keyin tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchiga talab qoʻyishga haqli. Bunday talab, tovarda ishlab chiqaruvchining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan jiddiy nuqsonlar aniqlangan boʻlsa, belgilangan xizmat muddati mobaynida, agar xizmat muddati belgilanmagan boʻlsa, oʻn yil mobaynida qoʻyilishi mumkin.