• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-05-23

Choraklik natijalar tahlil qilindi va kelgusi vazifalar belgilab olindi

Qarshi shahridagi “Ma'naviyat maskani”da Qashqadaryo viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan 2024-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama etildi. 

Yigʻilish davomida hududiy birlashma va  tuman (shahar) jamiyatlari raislari amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berishdi. Xususan, tizimda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va iste'mol madaniyatini yuksaltirish, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar, koʻrsatilayotgan huquqiy maslahatlar va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini hamda amaldagi qonunchilik ijrosi boʻyicha oʻtkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlarining  ta'sirchanligini oshirish yuzasidan Kengash a'zolarining axborotlari va takliflari eshitildi. 

Shuningdek, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunchilik ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamini yana-da oshirish lozimligi alohida ta'kidlanib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.