• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-03-29

TA’LIM MUASSASASI BILAN HAMKORLIK O’RNATILDI

Bugun Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti va Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Institut rektori Zarif Muqimov va federatsiyaning viloyat hududiy birlashmasi rahbari Shuhrat Tursunov oʻzaro muloqot chogʻida hamkorlik istiqbollari va maqsadlari yuzasidan fikrlashib oldilar.

Mazkur memorandum doirasida fuqarolarning taʼlim va fan sohasida isteʼmolchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda, shuningdek “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilangan maqsadlarga erishilishini jamoatchilik nazorati tartibida monitoring qilish masalalarida hamkorlik qilish koʻzda tutilgan.

Kelishuv doirasida o‘zaro hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi belgilandi:

- fuqarolarning isteʼmol madaniyatini shakllantirishda keng jamoatchilik, mutasaddi tashkilot va muassasalar, shu jumladan, professional, oliy taʼlim va fan sohasi vakillarini jalb qilgan holda chora-tadbirlar ishlab chiqish;

- isteʼmolchilarning professional taʼlim, oliy va fan sohasida buzilgan huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tiklash yo‘lida hukumat va boshqa davlat boshqaruv idoralariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;

- professional, oliy taʼlim va fan xodimlari, shuningdek aholining keng qatlamlari o‘rtasida seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar hamda ommaviy tadbirlarni tashkil etish orqali isteʼmolchilarning huquqiy bilim saviyasini oshirish;

- taʼlim oluvchilarning isteʼmolchilik huquqiy bilim saviyasi va isteʼmol madaniyatini oshirish borasida hamkorlik qilish;

- isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga oid masalalarda turli ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishni tashkil etish;

- hamkorlik maqsadidan kelib chiqib, mamlakatda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini fuqarolarga keng tushuntirish ishlarini tashkil qilish yo‘nalishlarida hamkorlik qiladilar.