• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2025-08-04

Salkam 8 500 000 soʻmlik nosoz telefon yangisiga almashtirib berildi

Iste’molchilarning haqli talablarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash – O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Murojaatda bayon etilishicha,
Shahrisabz tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro A.S ning murojaati asosida oʻtkazilgan oʻrganishda, fuqaro Shahrisabz tumanida joylashgan savdo majmualarning biridan  8 150 000 soʻmga Iphone rusumidagi telefon apparatini sotib olganligini, oradan bir necha kun vaqt oʻtib nosoz holatga kelib qolganligi va bu haqida sotuvchiga uchrashgan vaqtda sotuvchi telefon apparatini almashtirib berishdan bosh tortganligini bildirib, bu masalada amaliy yordam berishni soʻragan. 

Mazkur murojaat tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib chiqildi va savdo mutasaddilariga Oʻzbekiston  "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi  qonunning tegishli moddalari tushuntirib oʻtildi. Soʻng esa tuman jamiyati xodimlarining aralashuvi bilan Iphone rusumidagi telefon apparati boshqasiga (xaridor xohlagan telefon apparatiga) almashtirib berildi.