• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2025-01-27

Akademik litseyda targ'ibot tadbiri o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining qo'shma topshiriq xatiga muvofiq Qarshi Davlat universitetining Nuriston akademik litseyida “Yuksak iste'mol madaniyati sari” mavzusida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan o'qituvchi-pedagoglarga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikning mazmun-mohiyati va mazkur qonunchilik ijrosini ta'minlash yuzasidan Federatsiya tizimida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumotlar berilib, tadbir qatnashchilarining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonun hamda boshqa qonunosti hujjatlarida belgilangan talablar, murojaatlar qoldirish tartiblari va Federatsiya tizimida iste'molchilar bilan ishlash bo'yicha yaratilgan shart-sharoitlar to'g'risidagi savollariga javoblar berildi.
Tadbir davomida akademik litseyda Federatsiyaning “Tayanch guruhi” faoliyatini yo'lga qo'yish va o'zaro hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.