• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-11-11

KORRUPSIYАVIY HOLATLAR BO’YICHA JAMOATCHILIKNING FIKRI O'RGANILMOQDA

Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining “Tibbiyot sohasida korrupsiyaga barham berish-muhim vazifa” nomli davlat granti loyihasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Xususan, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Qarshi shahridagi shifoxona va shifoatxonalarda bemorlarga ko'rsatilayotgan shoshilinch tez tibbiy yordam hamda tug'ruq (fertil) yoshidagi ayollarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bo'yicha bemorlar va ularning vakillari ishtirokida iste'molchi (mijoz)larning sog'liqni saqlash sohasida duch kelayotgan korruptsiyaviy holatlar yuzasidan anonim tarzda sotsiologik tadqiqotlar o'tkazish uchun ijtimoiy so'rovnomalar shakllari ishlab chiqilib, iste'molchi (mijoz)lar o'rtasida sotsiologik tadqiqotlar o'tkazilmoqda.

O'tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalari tahlil qilish va umumlashtirilgan ma'lumotlarni manfaatdor davlat tashkilotlariga kiritish hamda jamoatchilik fikriga muvofiq tibbiyot sohasi mas'ullari va keng jamoatchilik ishtirokida “Tibbiyot sohasida korruptsiyaga barham berish-muhim vazifa” mavzusida jamoatchilik eshituvi o'tkazish va bu borada bajarilishi muhim bo'lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.