Savolga Deqonobod tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Erkin TANGIROV javob berdi.
Iste'molchilar quyidagi huquqlarga ega:
tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida toʻgʻri va toʻliq ma'lumot olish;
tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli boʻlishi;
tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz boʻlishi;
hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni boʻlgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli etkazilgan moddiy ziyon, ma'naviy zararning toʻliq hajmda qoplanishi;
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
iste'molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Iste'molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat koʻrsatishning boshqa turlari boʻyicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.