• O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov ko'chasi 65

Yangiliklar

2024-04-18

NOSOZ OVOZ KUCHAYTIRGICH SIFATLISIGA ALMASHTIRILDI

Nishon tumanida yashovchi fuqaro N.S. tumandagi “Meros” savdo do‘konidan ovoz kuchaytirgich sotib oladi. Biroq oradan bir hafta o‘tib unda nosozliklar kuzatiladi. Sotuvchi esa nosoz mahsulotni almashtirib berishni istamaydi.

Nishon tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaroning shu haqdagi murojaati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida, sotuvchi tomonidan tovarni sotish jarayonida iste'molchiga kafolat taloni berilmaganligi va O‘zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilmaganligiga oydinlik kiritildi.

Amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar olib borilib, nosoz mahsulot boshqa sifatlisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.