O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi tomonidan Qarshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan jamoatchilik monitoringlari olib borildi.
Shuningdek, tumandagi ta'lim muassasalarida amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari va bu borada federatsiya tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan targ'ibot ishlari ham o'tkazildi.
Jumladan, olib borilgan targ'ibotlar natijasida, tumandagi 71 ta umumta'lim maktabi va 28 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining 3000 nafardan ortiq pedagog xodimlarini o'zida birlashtirgan federatsiyaning “Tayanch guruhi” faoliyati yo'lga qo'yildi hamda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.